00:03 / 12.03.2019
4375

O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga doir Hamkorlik memorandumi imzolandi

11 mart kuni Humo Arena ochilishi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumani doirasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida "O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish bo‘yicha hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida"gi memorandum imzolandi. Hujjat assotsiatsiya raisi Firdavs Xoliqov va vazir Dilmurod Nabiyevlar tomonidan imzolandi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri. 

O‘zbekistonda shuningdek sportni yanada rivojlantirish maqsadida 12 500 kishiga mo‘ljallangan Humo Arena sport kompleksi qurildi. 

15 mart  kuni ochilishi rejalashtirilayotgan asosiy arenada basketbol, voleybol, gandbol, futzal uchrashuvlarini, boks, taekvando, short-tek, figurali uchish, kerling musobaqalari hamda konsert dasturlarini o‘tkazish mumkin. Arenaga konsert zali holatida 10 000 tomoshabinni sig‘dirish mumkin bo‘ladi. 

Kichik arenaning sig‘imi esa 200 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, xokkey uchun mashq arenasi vazifasini bajaradi, shu bilan birga, xohlovchilar uchun ommaviy uchishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

Top