22:08 / 12.03.2019
4866

YeI ofshorlar qora ro‘yxatini uch martaga kengaytirdi

YeI davlatlari vazirlari «soliq gavanlari» ro‘yxatiga 10 yurisdiksiyani qo‘shdi, deyiladi Yevrokomissiya xabarida. Bugungi kunga qadar ofshorlar qora ro‘yxatiga Amerika Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago, Amerika Virgin orollari kirardi. Endilikda bu ro‘yxatga Aruba, Barbados, Beliz, Bermud orollari, Vanuatu, Dominikan Respublikasi, Marshall orollari, BAA, Ummon va Fiji ham kiritildi.

Yevrokomissiya 2018 yilda 92 davlatdagi soliq shaffofligini baholadi. Bu davlatlarning aksariyati qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritgan. Endilikda ularning soliq tizimlari xalqaro standartlarga javob beradi, deyiladi xabarda. Amerika Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago hamda Virgin orollari 2017 yilda ro‘yxat tuzilganidan buyon soliq tizimiga hech qanday o‘zgartirish kiritmagan. Ro‘yxatga kiritilgan qolgan davlatlar esa soliq sohasida o‘zgarishlar qilish majburiyatini olgan, ammo majburiyatlarini bajarishmagan.  

YeI qonunchiligi soliq to‘lashdan qochish imkonini beradigan mamlakatlar va hududlarni ofshorlar ro‘yxatiga kiritadi. Ofshor hududlar rezidentlari Yevropa regulyatorlari tomonidan kuchaytirilgan moliyaviy tekshiruvdan o‘tadi. 

Mavzuga oid
Top