01:00 / 13.03.2019
36657

Dunyoning eng mashhur 100 sportchisi ro‘yxati e'lon qilindi 

ESPN nashri 2018 yilning eng mashhur 100 nafar sportchisi ro‘yxatini e'lon qildi. Reyting sportchilarning gonorarlari va reklamadan oladigan daromadlari, ijtimoiy tarmoqlarda va Google qidirish tizimida mashhurliklari asosida tuzilgan.

Reytingda 1-o‘rinni futbolchi Krishtianu Ronaldu egallagan. 2-o‘ringa “«Los-Anjyeles Leykers” basketbolchisi Lebron Jyeyms, 3-o‘ringa futbolchi Lionel Messi qo‘yilgan.

Quyida reytingning yetakchi o‘ntaligi keltirilgan:

1. Krishtianu Ronaldu (futbolchi)
2. Lebron Jyeyms (basketbolchi)
3. Lionel Messi (futbolchi)
4. Neymar (futbolchi)
5. Konor Makgregor (yakkakurash jangchisi) 
6. Rojyer Federer (tennischi)
7. Virat Koxli (kriket)
8. Rafael Nadal (tennis)
9. Stefen Karri (basketbol),
10. Tayger Vuds (golf).

Mavzuga oid
Top