Ko‘p martalik uch yillik viza rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yig‘imi miqdori belgilandi, deb yozmoqda Norma.
Qayd etilishicha, prezidentning 6.03.2019 yildagi PF–5684-son farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi konsullik yig‘imlari tarifiga qo‘shimcha kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, EKIHning (investitsiya kiritish vaqtida o‘rnatilgan) 8 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekistonga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ko‘p martalik 3 yillik viza rasmiylashtirishlari mumkin. Uning amal qilish muddatini O‘zbekistondan chiqmasdan cheklanmagan miqdorda uzaytirish mumkin.
Bunday vizani rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yig‘imi – 350 AQSh dollari undiriladi.
Hujjat 6.03.2019 yildan kuchga kirdi.