14:26 / 13.03.2019
21687

Toshkent yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida 203-o‘rinni oldi

Foto: Flickr

Vena qatorasiga o‘ninchi bor dunyodagi yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida birinchi o‘rinda joylashdi. Bu haqda Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi ma'lum qildi.

Bu yil kompaniya 231 shaharni baholadi. Reytingni tuzishda yashash, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar, transport, ovqatlanish, maishiy mahsulotlar va dam olish, iqlim sharoitlari, ijtimoiy-madaniy muhit, ta'lim va tibbiyot sifatida hisobga olindi.

Birinchi o‘ringa Avstriya poytaxti Vena joylashdi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Tsyurix va Vankuver shaharlari egalladi. Yuqori o‘nlikka, shuningdek Myunxen, Oklend, Dyusseldorf, Frankfurt, Kopengagen, Jyeneva va Bazel shaharlari kirdi.

Toshkent yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida 203-o‘ringa loyiq ko‘rildi. MDH davlatlaridagi shaharlar orasida Moskva 167-, Kiyev 173-, Sankt-Peterburg 174-, Minsk 188-, Bishkek 206-, Ashxobod 211-, Dushanbe 215-o‘rindan joy oldi.

Top