08:50 / 13.03.2019
6030

Toshkentda «Yo‘l posboni» jamoatchilik tuzilmasi safi kengaymoqda

Foto: Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Yo‘l harakatidagi xavfsizlik – harakatning har bir ishtirokchisiga bog‘liqdir. Jamiyat vakillarining yo‘l harakati qoidalari buzilishiga befarq bo‘lmasliklari, yo‘llardagi tartib darajasi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Foto: Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Qayd etilishicha, “Toshshahartransxizmat” AJ majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda suhbat olib borilib, “Yo‘l posboni” jamoatchilik tuzilmasining eng faol va fidoyi 9 nafar a'zosiga poytaxt IIBB YHXB rahbariyati tomonidan rasman “Yo‘l posboni” guvohnomasi hamda maxsus kamzullar (jilet) topshirildi.

Foto: Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

“Yo‘l posboni” jamoatchilik tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi IIVning buyrug‘i asosida tashkil etilib, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘mak sifatida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan. 

Top