23:26 / 13.03.2019
5259

Volkswagen elektrokarlarini rivojlantirish uchun 7 ming ishchidan voz kechishga qaror qildi

Volkswagen yaqin besh yilda 7 mingta ishchi o‘rinni qisqartirmoqchi. Qaror 2016 yilda e'lon qilingan rejani to‘ldiradi. Rejada kompaniya Germaniyadagi xodimlari sonini 23 mingga qisqartirishini e'lon qilgan. Bu esa barcha xodimlarning 19 foizini tashkil qiladi. 

Qisqartirishlar ma'muriy lavozimlarga taalluqli bo‘ladi. Kompaniyaga elektrokarlarni ishlab chiqish uchun mablag‘ zarur, shu sababli u bosh ofisdan boshlab fabrikalargacha ishchi jarayonni optimallashtiradi. Shuningdek, kompaniya ofisdagi jarayonlarni avtomatlashtirish va axborot texnologiyalari sotib olishga 4,6 mlrd yevro ajratadi.  

Qisqartirishlar Volkswagen’ning Germaniyadagi xodimlarining 6 foizini va butun dunyo bo‘ylab 1 foizini tashkil qiladi.  Shu bilan bir vaqtda kompaniya elektromobillar yaratishga ixtisoslashgan 2 ming nafar dasturchi va muhandisni ishga oladi. 

2018 yilda kompaniyaning tadqiqotlar va ishlab chiqishga xarajatlari 13,6 mlrd yevrogacha yetgan. Kompaniya o‘z avtomobillarini 2023 yilgacha elektrlashtirishga xarajatlarni 30 mlrd yevrogacha baholamoqda.  

Mavzuga oid
Top