20:16 / 13.03.2019
33609

Zidanning «Real»dagi maoshi oshkor bo‘ldi

«Real» klubi sobiq bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi.

El Confidencial xabariga ko‘ra, 46 yoshli mutaxassisga yiliga 12 million yevro maosh tayinlandi. Bundan tashqari, qo‘lga kiritilgan sovrinlar uchun turli bonus va mukofotlar ham belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Zidan 2016-2018 yillarda «Real»ni boshqargan va Ispaniya chempionati va 3 marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan edi.

Top