01:26 / 14.03.2019
29985

Dunyoning eng xavfli shahri ma'lum qilindi

Meksikaning AQSh bilan chegarasida joylashgan Tixuana shahri qotilliklar soni va aholi sonining foizdagi nisbati bo‘yicha dunyoning eng xavfli shahri deb topildi. Bu haqda “Jamoatchilik xavfsizligi va jinoyat huquqi bo‘yicha fuqarolik kengashi” nohukumat tashkiloti hisobotida ma'lum qilingan.  

Nohukumat tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Tixuananing 100 ming aholisiga 138,26 ta qotillik to‘g‘ri kelgan. Bu yerda 12 oy ichida 2,64 ming kishi o‘ldirilgan.

Antireytingning 2-o‘rnini Meksikaning yana bir shahri Akapulko egallagan. Ushbu shaharda o‘tgan yil davomida 949 kishi (100 ming aholiga 110,5 ta qotillik) qotilliklar qurbonlari bo‘lgan.

3-o‘rinni Venesuela poytaxti Karakas egalladi. Unda 2018 yilda 3 ming yoki 100 ming aholiga 99,98 ta qotillik qayd qilingan.

4- va 5-o‘rinlarni ham Meksika shaharlari egallagan: Syudad-Viktoriyada 314 ta qotillik, Syudad-Xuaresda 251 ta qotillik sodir etilgan. 

Yanvarda dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingi ma'lum qilingandi. Reytingning 1-o‘rnini Islandiya egallagan. Yetakchi o‘ntalikka Shveytsariya, Finlyandiya, Portugaliya, Avstriya, Norvegiya, Qatar, Singapur, Daniya va Yangi Zelandiya kiritilgan.

Mavzuga oid
Top