10:15 / 15.03.2019
4922

Boeing kompaniyasi 737 Max samolyotlarini mijozlarga yetkazishni to‘xtatdi

Foto: AP Photo/Elaine Thompson

Boeing kompaniyasi 737 Max modelidagi samolyotlarni ishlab chiqarishni davom ettirmoqda, biroq ularni mijozlarga yetkazishni vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya vakili ma'lum qilgan. 

“Men 737 Max parvozlari vaqtinchalik to‘xtatilgani sababli ularni yetkazib berishni to‘xtatishimizni tasdiqlayman”, deb aytgan kompaniya vakili. U samolyotlar yetkazilishi qancha muddatga to‘xtatilishi haqidagi savolga “buni bilmasligini, biroq samolyotlar ishlab chiqarilishi davom etayotganini” ma'lum qilgan. “Biz ba'zi boshqa omillarga bog‘liq ravishda vaziyatni baholamoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan manba.

Avvalroq AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi 737 Max samolyotlarining AQSh havo hududida parvozlari to‘xtatilganini e'lon qilgan.

Efiopiyada 10 mart kuni Boeing 737 Max 8 samolyoti halokatga uchragandan keyin ko‘plab davlatlar va aviakompaniyalar ushbu samolyotlar parvozlarini to‘xtatishga qaror qildi. Ayni vaqtda 66 ta davlat ushbu samolyotlar parvozini to‘xtatgan, 7 ta davlat aviakompaniyalari ularni qo‘llashdan bosh tortgan. 

Mavzuga oid
Top