20:25 / 15.03.2019
9298

O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport majmuasida Armiya qo‘l jangi bo‘yicha shu yil Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida o‘tkaziladigan armiya qo‘l jangi chempionatiga saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda barcha harbiy okruglar, Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari hamda Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonliklari, shuningdek, respublikamizdagi oliy harbiy ta'lim muassasalari vakillari o‘zaro bellashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Musobaqa 7 ta vazn toifasida o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi pog‘ona esa Markaziy harbiy okrugi jamoasiga nasib etdi. Toshkent harbiy okrugi harbiylari chempionatning mutlaq g‘olibiga aylandi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, faxriy yorlik hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘tgan yili Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan Armiya qo‘l jangi chempionatida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu yilgi xalqaro darajadagi musobaqa Qozog‘istonda o‘tkazilishi kutilmoqda. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mavzuga oid
Top