10:44 / 15.03.2019
15411

Toshkentda «Yandeks.Metro» ilovasi ishga tushdi

Foto: KUN.UZ

Toshkentda «Yandeks.Metro» mobil ilovasi ishga tushdi. Bu haqda Spot kompaniyaga tayangan holda xabar bermoqda.

Uning yordamida shahar aholisi va sayyohlar metrodagi kerakli yo‘nalishni ko‘rishi, qayerda boshqa yo‘nalishga o‘tish kerakligi hamda safarga qancha vaqt ketishini bilib olishi mumkin.

Foydalanuvchi jo‘nash va yetib borish bekatlarini belgilashi kifoya - «Yandeks.Metro» yo‘nalish va kerakli o‘tish joyi yoki shaharga chiqish uchun o‘tirish qulay bo‘lgan vagonni ko‘rsatadi.

Ilovada har bir bekat ish jadvali va ularning shahar xaritasida joylashuvini ko‘rish mumkin. Agar stansiya ta'mirlash uchun yopilsa, u sxemada ko‘rsatiladi.

«Yandeks.Metro» bilan sayohatchilarning temiryo‘l va avtovokzalga yetib olishi oson bo‘ladi - ular xaritada maxsus belgilarga ega. Servis xorijda ham yordam beradi: Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Rossiya, Belarus, Ukraina hamda Turkiyadagi yana 10ta shahar metro sxemalari mavjud.

Ilova Android va iOS’da bor. U internetsiz ishlaydi. Foydalanuvchilar metro sxemasi tilini tanlashlari mumkin - o‘zbek yoki rus tili. Kelgusida xaritada Toshkentning diqqatga sazovor joylari va boshqa foydali ma'lumotlar paydo bo‘ladi.

Top