23:39 / 18.03.2019
12231

Politsiyachilar purkagan ko‘zni yoshlatuvchi gaz ularning o‘ziga zarar yetkazdi (video)

Bolgariya poytaxti Sofiyada hukumatdan norozi bo‘lgan odamlar parlament binosi oldida to‘planishgan, politsiya esa ularni to‘xtatishga harakat qilgan. Vaziyat keskinlashgach, politsiyachilar namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llashga qaror qilishgan.

Biroq politsiyachilardan biri gazni purkash vaqtida kuchli shamolni hisobga olmagan va u purkagan gaz ortga yo‘nalib politsiyachilarning yuziga tekkan. Ular ko‘zlarini yuvish uchun ortga chekinkanganlar. Bu vaqt namoyishchilar bo‘layotgan hodisalarni hayratlangan holda kuzatib turishgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, parlament oldiga kelgan odamlar namoyish haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali kelishib olishgan. Ular korrupsiyani yo‘q qilish va mamlakatda demokratiyaga erishish uchun referendum o‘tkazilishini talab qilishmoqda. 

Mavzuga oid
Top