11:19 / 19.03.2019
9574

Davlat budjeti mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi qanday bo‘lishi lozim?

Foto: Dreamstime

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida prezidentning 2018 yil 22 avgustdagi qaroriga asosan ishlab chiqilayotgan “O‘zbekiston Respublikasining 2020 yilgi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda 2021 va 2022 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining shakli muhokama qilindi.

Qonun loyihasiga takliflar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan muhokamalarda deputatlar tomonidan budjet ma'lumotlarining ochiqligi va sifati, ularni xorijiy investorlarga va boshqa manfaatdor sub'yektlarga yetkazish, shuningdek, parlament vakillari va fuqarolik jamiyatining Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish jarayonidagi ishtiroki yetarli darajada emasligi ta'kidlandi. 

Shu bois, quyi palata a'zolari tomonidan loyihani takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi. Jumladan, deputatlarning ta'kidlashicha, mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjatida budjet ma'lumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, budjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim. Shuningdek, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari axborotlari batafsil bayon etilgan, ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, shuningdek, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etilishidan oldin majburiy jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi lozimligi to‘g‘risidagi normalarni qonun bilan mustahkamlanishini kerakligi alohida qayd etildi.

Mavzuga oid
Top