19:20 / 19.03.2019
87154

Nazarboyev iste'fosini e'lon qilishdan avval Putin bilan gaplashgan

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev iste'foga chiqishini e'lon qilishdan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashgan. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Bugun kunduzi Vladimir Putin hamda Nursulton Nazarboyev telefon orqali gaplashishdi. Biroq hozircha suhbat mavzusini oshkor qila olmaymiz»,- deya Peskovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «RIA Novosti».

Bugun Qozog‘istonni qariyb 30 yildan buyon boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev davlat rahbari vakolatlarini topshirdi. Qozog‘iston prezidenti vazifasini vaqtincha Qozog‘iston Senati spikeri Qosim-Jo‘mart Tokayev bajarib turadi.

Top