17:30 / 20.03.2019
12176

20 yildan so‘ng yana bir Messi paydo bo‘lishi mumkin 

Yevropa gen arxivi rahbari, ispaniyalik genetik Arkadi Navarro «Barselona» hujumchisi Lionel Messini klon qilish imkoniyati borligini aytdi.

«Biz Messiga juda o‘xshash insonni yaratishimiz mumkin. Zamonaviy texnikadan foydalanib, klon qilish va unga bir tomchi suvdek o‘xshash egizakni vujudga keltirish imkoniyatiga egamiz.

Bu xuddi egizaklar tug‘ilgan, ammo ulardan birini vaqt xonasida juda uzoq vaqt muzlatib qo‘yilganga o‘xshaydi. 20-30 yil o‘tgach esa uni yana hayotga qaytarish mumkin. Agar hammasi yaxshi kechsa, natija biz kutgandek bo‘ladi», – deb Navarro so‘zlarini keltirmoqda Què t’hi jugues!.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi bu yil yozda 32 yoshga to‘ladi.

Mavzuga oid
Top