10:21 / 20.03.2019
12762

Fergyusonning «MYu»dagi oxirgi o‘yinida chaynagan saqichi auksionda yarim million dollarga sotildi

Foto: AFP

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning bu lavozimdagi so‘nggi o‘yinida chaynagan saqichi bo‘lagi auksion savdolariga qo‘yildi, deb xabar bermoqda The Sun.

Ma'lum qilinishicha, saqich 390 ming funt (450 ming yevro)ga sotilgan. Ushbu mablag‘ «Manchester Yunayted» xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Ser Fergyusonning «MYu» bosh murabbiyi sifatidagi oxirgi o‘yini 2013 yil mayida «Vest Bromvich»ga qarshi kechgan va unda 5:5 hisobi qayd etilgandi. 77 yoshli murabbiy 27 yil davomida «qizil iblislar»ni boshqargan.

Mavzuga oid
Top