11:30 / 20.03.2019
6280

Mourino: «Iyun oyida o‘z kasbimga qaytmoqchiman»

Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino yozda faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini ma'lum qildi.

«Murabbiylik qilmayotganimga uch yarim oy bo‘ldi, lekin faoliyatimni davom ettirishga tayyorlanyapman. Futbolga singib ketarkansan, o‘zing uchun vaqt ajratolmaysan – hali matbuot anjumanlari, hali o‘yinlar, bir qarasa videotahlillar, yana bir qarasa uchrashuvlar tahlili, uni ustiga har kunlik muammolar. Shuning uchun o‘tgan oylarni qayta quvvat yig‘ib olishga sarfladim.

Murabbiylik – o‘ziga xos kasb, har kunlik rejimda ishlash menga yoqadi. Bu kasbimga yozda – iyun oyida, kelgusi mavsum oldidan qaytishni istayapman.

Menga nima kerak emasligini aniq bilaman, shuning uchun ham 3-4ta taklifni rad etdim. Nimani istashimni ham aniq bilaman. Bunda aynan bironta klubni nazarda tutmayapman, balki uning falsafasi, ishlash uslubini aytmoqchman. Istaganimga erishaman, deb umid qilaman», – deya Mourino beIN Spors efirida.

Top