17:45 / 20.03.2019
3575

Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti Toshkentga keldi

Bugun Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti Hamid bin Xalifa bin Ahmad Ol-Soniy poytaxtimizga tashrif buyurdi. Faxriy mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi.

Umid Ahmadjonov Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidentini mamlakat terma jamoasining Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik borasida memorandum imzolangan. Ushbu tashrif davomida ikki terma jamoaning asosiy va turli yosh toifalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari, hakamlar va murabbiylar uchun turli seminarlar tashkil qilish borasida kelishuvlar amalga oshishi kutilmoqda.

Har ikki assotsiatsiya rahbarlari ertaga MOFA (Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi) ning navbatdagi kongressida ishtirok etish uchun Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga jo‘nab ketishadi.

Top