10:48 / 20.03.2019
41728

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni boshqa ishga o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida yangi tayinlov ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelgan polkovnik Farhodjon Nabijonovich Ortiqov lavozimidan ozod etilib, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Farhodjon Nabijonovich Ortiqov ​​​​​
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib Sharqiy harbiy okrugiga qarashli G‘urumsaroy garnizonidagi harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Dilshod Sadulloyevich Choriyev tayinlandi.

Dilshod Sadulloyevich Choriyev
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Top