18:55 / 21.03.2019
28998

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Farhodjon Murodovich Toshpo‘latov Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan F.Toshpo‘latov 2013 yildan Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, Halimjon Komilovich Umarov Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Halimjon Komilovich Umarov

X.Umarov 2006-2018 yillarda Toshloq tumani hokimi, 2018 yildan shu kungacha Quva tumani hokimi vazifasida ishlagan.

Top