18:22 / 21.03.2019
8605

Modrich dunyoning eng yaxshi sportchisi deb topildi

Foto: Marko Prpić/PIXSELL

Xalqaro sport matbuoti uyushmasi (AIPS) 2018 yilning eng yaxshi sportchilarini e'lon qildi.

«Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich eng yaxshi erkak sportchi deb topildi. U 419 ochko to‘plab, tennischilar Novak Jokovich (337) va Rojyer Federerni (290) ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Modrich «Oltin to‘p»ni ham qo‘lga kiritgan edi. 

Amerikalik gimnastikachi Simone Bayls eng yaxshi ayol sportchi deb topildi. U 427 ochko to‘plab, tog‘ chang‘ichisi Ester Ledetska (335) va tennischi Simona Xalepdan (331) o‘zib ketdi.

Mavzuga oid
Top