14:11 / 22.03.2019
10235

KXDR Janubiy Koreya bilan koreyalararo aloqa ofisidan chiqib ketdi

Foto: REUTERS

Koreya Respublikasining Birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi xabariga ko‘ra, KXDR koreyalararo aloqa ofisidan chiqib ketdi. Bu haqda Reuters ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatga yakun yasash bo‘yicha omadsiz urinishi, shuningdek, AQSh va KXDR yetakchilari Donald Tramp hamda Kim Chen Inning muvaffaqiyatsiz sammiti fonida yuz berdi.

Janubiy Koreya vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya ushbu qaror haqida 22 mart, juma kuni ertalab janubiy qo‘shnilar bilan uchrashuv paytida e'lon qilgan. KXDR vakillari bu qadamga «yuqoridan ko‘rsatma», deya izoh berishgan.

Koreyalararo aloqa ofisi 2018 yil 14 sentyabrda ochilgan. Mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud bo‘lmaganda, u elchixona funksiyalarini bajargan.

Bundan oldin, sobiq razvedkachi KXDR yetakchisining rejalari haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top