11:44 / 22.03.2019
73518

Toqayev Nazarboyevning qarorlaridan birini o‘zgartirish haqida ko‘rsatma berdi

Foto: AFP

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 22 mart kuni davlat ishida ishlovchi xodimlarga ish haqi miqdori oshirilishini 1 iyunga ko‘chirish haqida topshiriq berdi. 

«Hukumatga budjet sohasida kam haq to‘lanuvchi xodimlar ish haqini oshirishni 2019 yil 1 iyuldan 1 iyunga ko‘chirish haqida ko‘rsatma berdim. Bu qaror bir milliondan ortiq xodimlar va davlat xizmatchilarining hayotiga bevosita ta'sir qiladi», - deya yozadi Toqayev Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Nursulton Nazarboyev 2019 yil 1 iyuldan boshlab ijtimoiy soha xodimlariga ish haqi 30 foizga oshirilishi haqida e'lon qilgandi.

Ushbu maqsadlar uchun 2019-2021 yillarda qo‘shimcha 980 milliard tenge ajratiladi.

Bundan oldin, Qozog‘iston yangi prezidentining ilk xorijiy tashrifi qaysi davlatga bo‘lishi oydinlashgandi.

Mavzuga oid
Top