14:05 / 01.04.2019
6123

Xayriya natijasi: Saratonga chalingan Masturaning muolajalari yakunlanib qoldi

Inson boshiga tushayotgan tashvishlar ham, quvonchli daqiqalar ham o‘tkinchi ekanligini bilmaydi, tushunmaydi. Unutuvchan odamzod sinovlarni yengib o‘taveradi, quvonchli daqiqalarni xotira muhridan o‘chirib boraveradi.

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yilning dekabr oyida og‘ir xastalikka chalingan Mastura ismli bemor qiz uchun xayriya aksiyasi tashkil qilgan edik. Unda xasta qizning yaqinlari, qon-qarindoshlari ham kamtarona hayot kechiruvchi, qo‘li qisqa insonlar ekanligi bayon qilingandi.

Bir necha kun avval bemor qizning hozirgi holatini bilish maqsadida uning oila a'zolari bilan uchrashdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

“Assalomu alaykum. Xalqimizning saxovatli insonlari ko‘p ekan. Ularning boriga shukur. Farzandimning sog‘lig‘i bilan qiziqishgani, uzoqdan bo‘lsa-da yordam qo‘lini cho‘zib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun rahmat. Farzandimni oyoqqa turishiga katta ko‘mak berishdi. Ular orasida musofir yurtlarda mehnat qilayotgan, bolajon yurtdoshlarimiz ham ko‘p. Dunyo turguncha turishsin. Boshlari omon bo‘lishsin hammasining. Bolalariga bosh bo‘lib yurishsin.

Qizim hozirda 5-kimyoterapiyasini olmoqda. Shundan so‘ng, Xudo xohlasa yana bitta kimyoterapiyasi qoladi. Shukur, Masturaxonning hozirgi ahvoli, harakatlari, yeyish-ichishlari yaxshi”,- deydi Masturaning onasi Go‘zal Xolxo‘jayeva.

Insonga berilgan har bir rizqdan ehson qilish biz bandalarning vazifamizdir. Ammo, bu ehsonning to‘g‘ri joyga yo‘naltirilishi esa amalning eng nozik nuqtasidir.

Qadrli yurtdoshim, to‘g‘ri yo‘naltirgan amalingiz qabul bo‘lib, saxiyligingiz sabab xonadoningizdan fayz-u baraka arimasin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top