20:46 / 03.04.2019
12496

Mirabror Usmonov vafot etgani munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi

2019 yil 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasi hamda «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib tayinlangan Mirabror Zufarovich Usmanov vafot etganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Shuningdek, 8-Aqmang‘it saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Jamilya Abdukadirovna Niyazova vafot etganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid
Top