13:47 / 04.04.2019
4604

«Toshshahartransxizmat» avtobuslarga buyurtma qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘ydi 

Foto: Toshshahartransxizmat

“Toshshahartransxizmat”AJ mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida @aotshtx_bot orqali avtobuslarga buyurtma qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘ydi. 

Aksiyadorlik jamiyati xabariga ko‘ra, ushbu elektron manzil orqali onlayn tarzda avtobus buyurtma qilish, foydalanish mumkin bo‘lgan transport vositasi haqida va boshqa qo‘shimcha ma'lumotlarni olish mumkin.
 
Bundan tashqari avtobus uchun buyurtmalar “Toshshahartransxizmat”AJning rasmiy internet sayti — tshtx.uz orqali ham qabul qilinadi, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, “Toshshahartransxizmat” ikkita yo‘nalishga yangi avtobuslar qo‘yilgani haqida xabar bergandi.

Top