23:23 / 05.04.2019
3622

2019 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda 4 mingdan ziyod ayol ish bilan ta'minlandi

2019 yilning o‘tgan davri mobaynida butun respublika bo‘ylab 4 mingdan ortiq ayolning bandligi ta'minlandi. Xotin-qizlar qo‘mitalari tashabbusi bilan 499 ta tikuvchilik, qandolatchilik va boshqa yo‘nalishlarda kichik korxonalar tashkil etildi.

Hududlarda “Ustoz-shogird” tizimi asosida xotin-qizlarning 1 461 nafarini - xunarmandchilikka, 1 360 nafarini kasanachilikka jalb etilishi orqali, ularning bandligini ta'minlashga erishildi, deya ma'lum qiladi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xotin-qizlar qo‘mitalari ko‘magida tashkil etilgan oilaviy bog‘chalar soni 280 tani tashkil etib, unda 821 nafar xotin-qiz ishga joylashdi.

Top