21:53 / 05.04.2019
12421

Baxshiyona «Titanik» yoxud finlyandiyalik chanqovuz ustasi. Termizdagi xalqaro festivalda nimalar uchraydi?  

Termizda o‘tayotgan birinchi Xalqaro baxshichilik san'ati festivalida ishtirok etish uchun Finlyandiyadan yetib kelgan mashhur jaz kuychisi Tapani Varis chanqovuz chalib, ko‘pchilikni hayron qoldirdi. 

Tapani Varis

Termiz shahri markazida joylashgan xiyobon hududida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan san'atkor, xalq og‘zaki ijodi ijrochilari, hunarmand va tashkiliy qo‘mita a'zolari festivalga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda. 

Viloyat pavilonlari oralab o‘zbekistonlik baxshilarning Hollivudning mashhur «Titanik» filmi uchun tayyorlangan qo‘shiqni baxshiyona qo‘shiqqa aylantirib, do‘mbira chertayotgani ham ko‘pchilikni qiziqtirdi. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Ma'lumot uchun, festivalning asosiy kunlari 6 apreldan boshlanadi. Uning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi kutilmoqda.

Top