12:42 / 05.04.2019
29090

Beeline kompaniyasini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan shaxs ushlandi

Foto: Pinterest

2019 yil 4 aprel kuni noma'lum shaxs Beeline uyali aloqa kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, u hisobi to‘ldirilgan bo‘lsa ham qo‘ng‘iroq qilolmayotganini, agar 5 daqiqada hisob raqamini yoqmasa, kompaniyani portlatib yuborishini aytib, aloqani uzib qo‘ygan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor aniqlov tadbirlari natijasida, ushbu qo‘ng‘iroqni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Nurafshon MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi V.M. mast holda, aloqa tarmog‘i yaxshi ishlamaganligi sababli qo‘ng‘iroq qilganligi aniqlanib, V.M. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top