14:53 / 05.04.2019
33688

OAV: armiya Liviya poytaxtiga kirdi

Foto: AFP 2019 / LNA War Information Division

Marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya xalq armiyasi (LXA) poytaxt Tripoli janubi-g‘arbiy qismidagi bir nechta tumanlarni egallab oldi. Bu haqda RIA «Novosti» LXAdagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Uning aytishicha, shahar ko‘chalari hozirgi vaqtda «bo‘shab yotibdi». Qo‘shimcha qilinishicha, shahar aholisi, katta ehtimol bilan, Tripolidan chiqib ketishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin.

«Hozirning o‘zida bir nechta tuman LXA jangchilari tomonidan egallab turilibdi, masalan, Janzur va Al-Svaniy, bu Tripoli janubi-g‘arbiy qismida», - dedi manba.

Shuningdek, uning bildirishicha, hozirgi vaqtda harbiy harakatlar o‘tkazilmayapti, qurolli guruhlar tomonidan «bir nechta kichik hujumlar» qayd etilgan.

Ta'kidlanishicha, Tripolini nazorat qiluvchi Milliy kelishuv hukumati o‘z qo‘shinlarini yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga keltirgan.

Bundan oldin, liviyalik marshal Tripoli yo‘lidagi birinchi shaharni egallagandi.

Ma'lumot uchun: 2011 yilda Liviyada fuqarolar urushi boshlandi. 1969 yildan buyon mamlakatni boshqargan polkovnik Muammar Qazzofiy hokimiyatdan ag‘darildi va o‘ldirildi. Uning raqiblari tomonida Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarni o‘z ichiga olgan xalqaro koalitsiya kuchlari kurashdi. Bugungi kunda Liviya ikki hokimiyat holatida: sharqda - Tobruk shahrida parlament faoliyat ko‘rsatadi, g‘arbda - Tripolida milliy kelishuv hukumati nazorat o‘rnatgan.

Mavzu
Liviyada fuqarolar urushi
Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar boshchiligidagi qo‘shinlar poytaxt Tripolini qamal qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top