11:17 / 06.04.2019
5287

Shayx Salmon ikkinchi muddatga OFK prezidenti etib saylandi

Foto: The AFC

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa tashkilotning bugun, 4 aprel kuni Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tayotgan Kongressida bir ovozdan ikkinchi muddatga prezidentlik lavozimiga saylandi.

53 yoshli bahraynlik funksioner saylovda yagona nomzod sifatida ishtirok etdi. Uning raqobatchilari bo‘lishi kutilgan qatarlik Saud Al-Mohannadi va BAA vakili Muhammad Al-Romaiti mart oyida nomzodlarini qaytarib olishgandi.

Endilikda Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa keyingi to‘rt yilda ham Osiyo futboliga rahbarlik qiladi. U 2013 yil may oyidan buyon OFKni boshqarib kelmoqda.

Top