21:30 / 07.04.2019
38613

Odil Abdurahmonov Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: Odil Abdurahmonov / Xalqaro press-klub

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari Odil Qalandarovich Abdurahmonov prezidentning fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Odil Abdurahmonov (1978 yilda tug‘ilgan) iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. U muqaddam Prezident Administratsiyasida bosh maslahatchi (konsultant), Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi rahbari bo‘lib ishlagan, 2018 yil 31 iyulidan buyon Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Hozircha uning o‘rniga Oliy ta'lim vaziriga kim birinchi o‘rinbosar bo‘lgani haqida ma'lumotlar yo‘q.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Abdujabbor Abduvaxitov Yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi hisoblanadi. Prezident maslahatchisining Odil Abdurahmonovdan tashqari yana ikki o‘rinbosari bor — birinchi o‘rinbosar O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev va o‘rinbosar Asqarali Daminov.

Mavzuga oid
Top