23:10 / 10.04.2019
10812

Katta fillar filchani cho‘kishdan qutqarib qoldi (video)

Janubiy Afrika Respublikasidagi Kryuger parkida sayyohlar timsohlar bilan to‘lib-toshgan daryoda filchaning cho‘kishdan qutqarilishi guvohi bo‘lishdi. Guvohlar tomonidan olingan lavhalar Newsflare saytida joylashtirilgan.

“Biz voqea ayanchli tugashidan jiddiy qo‘rqdik. Filcha jon-jahdi bilan pitirlardi, chuqur joylarda uchrovchi ko‘plab yirik timsohlar uchun esa istalgan harakat tushlikka chorlov hisoblanadi”, deb aytgan video muallifi.   

Fillar to‘dasi filcha yo‘qolganini payqagach, uning onasi va yana 3 ta katta fil uni qutqarishga oshiqishgan. Filcha onasining beliga chiqib olgan, biroq unda tura olmay yana suvga tushib ketavergan. Biroq shunga qaramay, fillar uni sayoz joyga olib chiqa olishgan. 

Kryuger milliy parki JARning shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib, uning hududida 1,5 ming sher, 12 ming fil, 2,5 ming buyvol, mingga yaqin qoplon va 5 ming karkidon yashaydi.

 

Mavzuga oid
Top