11:57 / 10.04.2019
12297

«O‘zstandart» bosh direktorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Foto: O‘zstandart

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining rahbar xodimlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Javlon Yo‘ldoshxo‘jayevich Kattaxo‘jayev O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib;

Rustam Bekmurodovich Kiyamov O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandilar.

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 9 aprel kuni bu haqdagi hujjatni imzoladi.

Ma'lumot uchun: Javlon Kattaxo‘jayev bunga qadar «O‘zstandart» agentligining boshqarma boshlig‘i, Rustam Kiyamov esa Adliya vazirligi tizimida ishlagan. 

Top