12:08 / 10.04.2019
9161

Venesuela Amerika davlatlari tashkilotidan chiqishini e'lon qildi 

Foto: EPA

Venesuela hukumati mamlakatning Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) tarkibidan chiqishini e'lon qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.  

Ma'lum qilinishicha, bu holat 27 aprelda yuz beradi. Tashqi ishlar vazirligida Venesuela “AQSh ma'muriyatining hukmron va imperiyacha manfaatlari oldida tiz cho‘kuvchi” tashkilotda qola olmasligi ta'kidlab o‘tilgan. 

2017 yil aprelda Venesuela tashqi ishlar vaziri Delsi Rodriges mamlakat ADTdan chiqishga qaror qilganini ma'lum qilgan. 2018 yil iyunda ADT Venesuelaning tashkilotdagi a'zoligini to‘xtatishni boshlashga ijozat beruvchi rezolyutsiyani qabul qilgan.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top