17:59 / 12.04.2019
7215

Toshkentda sovuq suv uchun maxsus ustamaning amal qilish muddati uzaytirildi

Foto: Shutterstock

Toshkent shahar hokimining 12.01.2018 yildagi 69-son qarori bilan Toshkent shahrida sovuq suv uchun maxsus ustama miqdori – 1 m3 uchun 100 so‘m belgilangan. 

Norma’ning yozishicha, 2019 yil 2 apreldagi yangi qaror bilan ichimlik suv ta'minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustamaning amal qilish muddati uzaytirildi, shuningdek kanalizatsiya xizmatlariga 1 kub metr uchun 100 so‘m miqdorida ustama belgilandi.
 
Hujjat «Toshkent oqshomi» gazetasining 9.04.2019 yildagi 57-sonida chop etilgan va shu sanadan e'tiboran kuchga kirgan.

Top