07:52 / 13.04.2019
14754

Hukumat qarori bilan yangi strategiya tasdiqlandi

Foto: AFP

Vazirlar Mahkamasining “2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi”ni O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:

“2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi” maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasida erishish strategiyasi;

“2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi” maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasida erishish strategiyasini 2019-2030 yillar davrida amalga oshirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

ofatlar xavfini kamaytirish hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish samaradorligini oshirish sohasida normativ-huquqiy va metodik bazani takomillashtirish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ilg‘or texnologiyalar va muhandislik-texnik vositalarni ishlab chiqish hamda joriy etish;

favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borish va ularni ppognozlashtirish tizimlarini yaratish va rivojlantirish;

boshqaruv, aloqa va xabar berish tizimlarini tashkil etish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;

favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholining hayot faoliyatini ta'minlovchi tizimni yaratish va rivojlantirish;

aholini va rahbarlar tarkibiga kiradigan mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va Harakatlar rejasi so‘zsiz va zarur tarzda amalga oshirilishi uchun shaxsan mas'ul ekanligi belgilandi.

Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va Harakatlar rejasi amalga oshirilishiga mas'ul ijro etuvchi organ etib O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilandi.

Quyidagilar ofatlar xavfini kamaytirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

ofatlar to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish;

ofatlar xavfini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

ofatlar xavfini kamaytirish tadbirlariga investitsiyalar kiritish;

ofatlar yuz berganda harakat qilishga tayyorgarlikni oshirish.

Strategiyani amalga oshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich: 2019-2022 yillar;

2-bosqich: 2023-2026 yillar;

3-bosqich: 2027-2030 yillar.

Mavzuga oid
Top