11:25 / 13.04.2019
7523

«O‘zstandart» korxonalari monopoliyasiga barham beruvchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi

Foto: O‘zstandart

Iqtisodiyotda tarmoq vazirlik va idoralari tomonidan o‘z sohalarida raqobat muhitini rivojlantirishga yetarli ahamiyat berishi muhim vazifa sanaladi, deb xabar bermoqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Bildirilishicha, standartlashtirish va metrologiya sohasida “O‘zstandart” agentligi tarmoq tartibga soluvchi davlat organi bo‘la turib, sertifikatlash va metrologiya xizmatlari bozorida ishtirokchilar bilan raqobatlashib kelmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublika bo‘yicha 545 ta (shundan, 46 foizi xususiy biznesga tegishli) akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya, 113 ta sertifikatlashtirish organlari faoliyat olib bormoqda. Shu bilan bir qatorda, “O‘zstandart” agentligiga qarashli davlat unitar korxonalarining ushbu sohada monopoliyasi kuzatilmoqda.

Shulardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan ma'qullangan Monopoliyaga qarshi kurashishi qo‘mitasining 2019 yilda amalga oshiriladigan asosiy faoliyat yo‘nalishlarini qamrab oluvchi “Yo‘l xarita”si ijrosi doirasida “O‘zstandart” agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Standartlashtirish va metrologiya sohasida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Qaror bilan “O‘zstandart” agentligida faqatgina standartlashtirish va metrologiya sohasida sub'yektlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish fuksiyasini qoldirish, sohada faoliyat olib boruvchi davlat unitar korxonalarini agentlik tasarrufidan chiqarish orqali to‘laqonli raqobat muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid
Top