00:26 / 13.04.2019
6611

Toshkent  viloyatida Prezident tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning namunaviy ijrosi tatbiq etilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning namunaviy ijrosi Toshkent  viloyatining Bo‘ka tumanida tatbiq etilmoqda. Har bir tashabbusning samarali tatbiq etilishiga doir chora-tadbirlar belgilab olinib, 12 aprel kuni Bo‘ka tumani katta islohotlar maskaniga aylandi. Kun.uz muxbiri viloyat hokimligi vakillaridan olingan ma'lumotlar asosida shu haqida xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi  Tanzila Norboyeva mas'ullar bilan  Bo‘ka tumanida islohotlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilab olishdi.

Tanzila Norboyeva tumandagi "Bo‘ston", "Chavlisoy" mahallalarida bo‘lib, yangi tashkil etilayotgan tikuvchilik sexlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali 1000 nafar xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga tikuv mashinalari hadya qildi, bu ayollarning kasanachilik asosida bandliklari  ta'minlanadi.

Mahallalarda ishsiz ayollar Xotin-qizlar qo‘mitasi va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida stipendiyali o‘qishga jalb etilib, kafolatli bandligini ta'minlash choralari ko‘rilmoqda.

Bugunga kelib Bo‘ka tumanida 150  nafar ayol 8 foizli imtiyozli kreditlar bilan ta'minlanib, oilaviy tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jalb etilmoqda. Asalarichilik, bog‘dorchilik, hunarmandchilikni rivojlantirish uchun berilayotgan imtiyozli  kreditlardan beminnat foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan  xotin-qizlar O‘zbekistonda ayollarga ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlat rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Top