12:16 / 15.04.2019
12366

«MYu» Pogbaning minimal narxini aniqlab oldi

Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachi Pol Pogbani qo‘yib yuborish niyatida emas, deb yozadi Marca.

Xabarga ko‘ra, «MYu» 25 yoshli fransuz bilan shartnomani uzaytirish istagida. U bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherning keyingi mavsum rejalarida muhim o‘ringa ega.

Biroq «Real» va klub bosh murabbiyi Zinedin Zidanning shaxsan o‘zi Pogbani Madridda ko‘rish istagida. Polning o‘zida ham «qirollik klubi»ga o‘tishga moyillik borligi aytilmoqda. Shunday sharoitda «qizil iblislar» yetakchi futbolchisini 150 mln yevrodan kamiga qo‘yib yubormaslikka qaror qilganlar.

Eslatib o‘tamiz, Pogba 2016 yilda Manchesterga qaytganida transferi qiymati o‘sha vaqt uchun rekord qiymat – 105 mln yevroga teng bo‘lgandi. Joriy mavsumda u klubning 41ta o‘yinida qatnashib, 16ta gol urgan.

Top