08:37 / 15.04.2019
7945

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxonalar soni ma'lum qilindi 

Foto: Fotolia

2019 yil 1 aprel holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 289,7 mingtani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 21,4%ga oshgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

2019 yil yanvar-mart oylarida 30,4 mingdan ziyod kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda 17,2 mingtaga ko‘proqdir. 

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 289,7 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 83,1 mingta (28,7%) – savdo, 61,8 mingta (21,4%) - sanoat, 31,4 mingta (10,8%) - qurilish, 25,4 mingta (8,8%) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 21,6 mingta (7,4%) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasi, 13,9 mingta (4,8%) - tashish va saqlash, 7,0 mingta (2,4%) - axborot va aloqa sohasi, 5,6 mingta (1,9%) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, 39,9 mingtasi (13,8%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi. 

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida esa eng ko‘p savdo 13304 ta, sanoat 6444 ta, qurilish 2789 ta va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 1835 ta tashkil etilgan. Eng kam esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 297 ta, axborot va aloqa 366 ta hamda tashish va saqlashda 879 ta tashkil etilgan. 

Eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahri (6304 ta), Samarqand (2940 ta), Toshkent (2856 ta) va Farg‘ona (2851 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng kami Sirdaryo (789 ta), Navoiy (889 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (1280 ta).  

Bundan oldin, Statistika qo‘mitasi yangi kompaniyalar soni keskin o‘sgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid
Top