20:50 / 16.04.2019
10135

“O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktorining o‘rinbosarlari tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligining rahbar xodimlari lavozimlarga tayinlandi. 

Hujjatga muvofiq, Ziyadulla Mahmado‘stovich Pirnazarov “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Akmalxo‘ja Shodixo‘jayevich Saidov “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.  

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirlarida prezident farmoni bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilgandi.  

Qo‘mita veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Mavzuga oid
Top