17:13 / 16.04.2019
6121

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2019 yil 16 iyuldan boshlab, Toshkent- Tbilisi -Toshkent yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlarini taqdim etadi. Bu haqda Kun.uz’ga aviakompaniya xabar berdi.

Qatnovlar haftasiga 2 marta, seshanba va juma kunlari quyidagi jadvalga asosan bajariladi (mahalliy vaqt):

Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 - Tbilisi 18:30
Seshanba: HY-746 Tbilisi 19:30 - Toshkent 23:50

Juma: HY-745 Toshkent 08:00 - Tbilisi 10:40
Juma: HY-746 Tbilisi 11:40 - Toshkent 16:00

Parvozlar zamonaviy Airbus-320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Gruziya aviatsiya ma'muriyatlari mamlakatlar o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgandi. 

SSSR parchalanganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov ham to‘xtab qolgan. Bugungi kunda parvozlar uchinchi davlatlar orqali yo‘lga qo‘yilgan va Toshkentdan Tbilisiga safar uchun minimal vaqt sakkiz soatdan ortiqni tashkil etadi.

Top