09:24 / 17.04.2019
5542

Kongoda katta qayiqning falokati oqibatida 150 kishi bedarak yo‘qoldi

Foto: Therese Di Campo/Reuters

Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi ko‘llardan birida katta qayiqning falokatga uchrashi oqibatida 150 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Feliks Chisekedi ma'lum qildi. 

Voqea Kivu ko‘lida yuz bergan. Kivuning janubidan odamlarni olib ketayotgan qayiq yo‘lda falokatga uchragan. Ma'lum qilinishicha, suvdan 3 kishining jasadini chiqarishga va 33 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Chisekedi voqea ortidan shaxsan o‘zi kuzatayotganini aytgan va fojiada aybdorlarni jazolashga va'da bergan.

Mavzuga oid
Top