00:12 / 17.04.2019
12296

Poroshenko saylovlarda yutgudek bo‘lsa barcha gubernatorlarni iste'foga jo‘natishini aytdi

Foto: RIA Novosti

Ikkinchi prezidentlik muddati uchun kurashayotgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko prezident saylovlarining 21 aprelda o‘tadigan 2-bosqichida yutsa, barcha gubernatorlarni iste'foga jo‘natishini e'lon qildi. U bu haqda “112 Ukraina” telekanali efirida aytib o‘tdi. 

“Viloyatlar ma'muriyatlarining barcha rahbarlari iste'foga ketadilar, ularning o‘rniga o‘z samaradorligini ko‘rsatgan va ko‘tarilishga munosib bo‘lgan birlashgan hududiy jamoalar yetakchilari tayinlanadilar”, deb aytgan Poroshenko.

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, prezident saylovlarining 31 martda o‘tgan 1-bosqichi “aholining hukumatdan, jumladan joylardagi rahbariyatlar faoliyatidan qanchalik noroziligini” ko‘rsatgan. Poroshenko yangilangan jamoada “ko‘plab yangi yosh qiyofalar” bo‘lishiga va'da bergan. 

Saylovlarning 1-bosqichi natijalariga ko‘ra, 39 nomzoddan aktyor, shoumen Vladimir Zelenskiy 30 foizdan ko‘proq ovoz, Poroshenko esa 16 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, 2-bosqichga chiqqandilar. Saylovlarning 2-bosqichi 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

Mavzu
Ukrainada prezidentlik saylovlari
2019 yilning 31 martida Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Saylovda ishtirok etish uchun 44 nomzod, shu jumladan mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko hujjat topshirgan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top