18:04 / 17.04.2019
23766

Sayyohlarga to‘la Samarqand Kun.uz obektivida (Fotogalereya)

Oxirgi vaqtlarda Samarqand deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga suv toshqinlari kelmoqda. Biroq bahor kelishi bilan Samarqand sayohatchilarga to‘la ajoyib shaharga aylanadi. Ayniqsa dam olish kunlari ko‘hna shahar O‘zbekistonning turli burchaklaridan kelgan va xorijiy mehmonlarga to‘ladi.

Kun.uz muxbiri Samarqandning sayohatchilar ko‘p bo‘ladigan yerlariga safar qildi va go‘zal shahar manzaralarini kadrga muhrladi. Umid qilamiz, quyidagi fotogalereya sizga xush kayfiyat bag‘ishlaydi va  pozitivlik ulashadi.

Sayohatimizni Kun.uz saytining Samarqanddagi muxbirlik bo‘limidan boshlaymiz.
Bu kadr saytimiz ofisining oldidan olingan.
 
Registon shaharning tepa qismida joylashgan va shu sabab uzoqdan ham ko‘rinadi... 

Amir Temur dafn etilgan «Amir Temur maqbarasi»
(uni Go‘ri Amir, ya'ni amirning qabri deb ham atashadi) doim sayohatchilar bilan gavjum. 
 

Dam olish uchun eng qulay joy daraxtlarning soyasi 
 

Bu yo‘lbarslar yuvosh yo‘lbarslar 
Favvora fonidagi Samarqand... 
Shaharning «faol quruvchilari» 20 mart kuni Registon maydoni yaqinidagi uylarni ta'mirlashni boshlashgandi.
Bu qurilishlar mana bir oydirki shaharning «ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi».
Samarqand sariq taksilar va avtobuslar shahri
Registon oldidagi momaqaymoqzor
Ishoning, Google sizga Registonning bunday kadrlarini topib bera olmaydi
Shahar dam olish kunlari sayyohlar bilan gavjum bo‘ladi

Do‘ppi millatidan qat'i nazar hammaga yarashadi
Sayyohlar uchun maxsus politsiya xizmati
«Samovolkaga chiqmagan askar general bo‘la olmaydi»
Registon maydonining orqa tomonida nima borligiga qiziqqanmisiz?
U yerda ajoyib archazor bor

Tarixga muhrlangan ishq qissasi
Bu uyda O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan

Bu esa Islom Karimov katta bo‘lgan ko‘cha

Bu yoshlar «Green card» lotereyasiga ariza to‘ldirib berishni taklif qilishmoqda.
Samarqandda deyarli hamma «Green card» «o‘ynaydi».
Samarqandda bu yil juda ko‘p yomg‘ir yog‘di. Bu minoralar bunaqa yomg‘irlarning necha mingini ko‘rgan bo‘lsa-da,
lekin hamon mag‘rur turibdi. Minoralar avvalo Xudoning qudrati bilan saqlanib turibdi.
Bundan tashqari ular doimiy ta'mirlab turiladi.
Top