09:36 / 17.04.2019
67318

Yo‘l harakati qoidalariga tuzatishlar: kim, qachon va qaysi «chiroqdan» foydalanishi kerak?

Foto: KUN.UZ

Avtomobilchilarga kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish majburiyatini yuklayotgan YHQdagi yangilikni Norma tahlil qildi.

Nima yuz berdi?

Hukumat Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan tuzatishlar paketini tasdiqladi. Ular sirasiga «kunduzi chiroq yoqish» ham kiradi. Avvaliga yangiliklardan kelib chiqib, kim, qachon va qaysi «chiroqdan» foydalanishi kerakligini bilib olamiz (quyidagi jadvalga qarang).

T/r

Shartlar

Transport vositasining turi

Tashqi yoritish asboblarining turi

1

Ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchalari va maxsus tovushli ishoralari yoqilgan transport vositalari tomonidan kuzatib kelishda

Kuzatib kelinayotgan transport vositasi

Yaqinni yorituvchi chiroqlar


 

2

Quvib o‘tishda

(tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga)

Quvib o‘tayotgan transport vositasi

Chiroqlarning yoqib o‘chirilishi

3

Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning yoritilganligidan qat'i nazar, tunnellarda

Barcha mexanik transport vositalari va mopedlar

Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar

Velosipedlar

Chiroqlar

Tirkamalarda va shatakka olingan mexanik transport vositalari

Gabarit chiroqlari

4

Aholi yashash joylarida yo‘l yoritilgan bo‘lsa

Barcha transport vositalari


 

Yaqinni yorituvchi chiroqlar


 

Qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqti-vaqti bilan o‘chirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham ko‘proq masofada

Qarama-qarshi va bir yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko‘zini qamashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa barcha holatlarda

5

Ko‘zi qamashganda

Barcha transport vositalari

Avariya ishoralari

6

Qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismida to‘xtaganda yoki to‘xtab turganda

Barcha transport vositalari


 

Gabarit chiroqlari

Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda

Gabarit chiroqlari. Qo‘shimcha ravishda yaqinni yorituvchi chiroqlar, tumanga qarshi chiroqlar va tumanga qarshi orqa chiroqlar yoqilishi mumkin

7

Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan

Barcha transport vositalari


 

Tumanga qarshi chiroqlar


 

Qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga

YHQning 138-bandida ko‘zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar o‘rniga

8

Kunning yorug‘ vaqtida


 

Harakatlanuvchi barcha avtomototransport vositalari

Yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlari

9

Aholi yashash joylaridan tashqarida, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport vositalari bo‘lmaganda

Barcha transport vositalari


 

Projyektor chiroq va izlovchi chiroqlar


 

Aholi punktlarida


 

Xizmat vazifalarini bajarayotgan, belgilangan tartibda yalt-yalt etuvchi ko‘k yoki ko‘k va qizil, shuningdek sariq yoki zarg‘aldoq rangli chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralar bilan jihozlangan transport vositalari

10

Yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda


 

Barcha transport vositalari


 

Tumanga qarshi orqa chiroqlar (to‘xtash chiroqlari (stop-signal)ga ulash taqiqlanadi)

11

Harakatlanayotganda, kunning qorong‘i vaqtida, yo‘lda to‘xtash va to‘xtab turish paytida

Avtopoyezd

«Avtopoyezd» taniqlik belgisi

 Tuzatishlar kuchga kirgan bo‘lsa ham, poytaxtning ayrim tumanlari yo‘llaridagi vaziyatning yuzaki tahlili avtomobil egalarining taxminan 1–2%i yangi talabga rioya etayotganini ko‘rsatmoqda. Buning bir nechta sabablari bor, xususan:

• o‘zgartirishlarga tayyorgarlik ko‘rilmagan – 2018 yil 13 apreldagi PQ–3666-son qarorning 4-bandida talab qilinganidek, loyiha dastlab jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmagan edi. Bundan tashqari, hujjatda avtohavaskorlar bilan axborot-tushuntirish ishlarini olib borish uchun bir muddatga «kechiktirish» (birmuncha kechroq kuchga kiritish) nazarda tutilmagan;

• afsuski, har qanday jamiyatda muayyan darajada huquqiy nigilizm va infantilizm mavjud. Ko‘pincha bu qabul qilinayotgan huquqiy normalarning ma'nosini, shuningdek ularga rioya etmaslikning yuridik va amaldagi oqibatlarini tushunmaslik oqibatida yuz beradi.

Buning nima keragi bor o‘zi?

O‘zbekiston YHQga ushbu talabni kiritgan ilk davlat emasligi barchaga ayon. Masalan, Skandinaviyada kunduzi yoqilgan chiroq bilan harakatlanish sharti joriy etilganiga 20 yildan oshdi. Aksariyat Yevropa mamlakatlarida ushbu qoida 2000-yillar boshidan amal qiladi. Sobiq sovet makoni ham bundan mustasno emas: Rossiyada 2005 yildan buyon aholi punktlaridan tashqarida, 2010 yildan buyon esa hamma joyda yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan harakatlanadilar.

Qonun ijodkorlarining asosiy maqsadi – xavfsizlik. Olimlarning fikricha, hatto kunduzgi paytda ham chiroqlari yoqilgan avtomobilni inson miyasi butkul o‘zgacha qabul qilar ekan. Yo‘lni kesib o‘tayotganda aksariyat mashinalarga ko‘z qiri tushadigan piyoda ham sifat jihatdan yaxshiroq munosabat bildiradilar. Haydovchilarning o‘zlari ham yo‘nalishni osonroq aniqlaydilar – chiroq yorug‘ligi yon ko‘zgular va orqa tomonni ko‘rish ko‘zgusida aks etadi.   

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, ushbu qoidani o‘zida joriy etgan mamlakatlarda YTH ko‘rsatkichlari o‘rta hisobda 10–15%ga pasaygan. O‘zbekiston Hukumati ham so‘nggi yillardagi ayanchli yo‘l hodisalari statistikasini inobatga olgan holda bu ishga qo‘l urgan ko‘rinadi.

Inson hayotini saqlab qolish yoqilg‘i sarfi oshishiga olib keladi (yangilikka qarshi chiqayotganlar shunday dalilni ro‘kach qilib keltiradi), darvoqe, texnik mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, u normadan 1–2% ortadi xolos, bu holatni sharhlab o‘tirmaymiz.

Yoqmasam – nima bo‘ladi?

Bir nechta avtohavaskorlar bilan «issig‘ida» suhbatlashib, aksariyat kishilar yangi qoida amal qila boshlagan bo‘lsa ham, buning uchun jarima sola olmaydilar, deya xato o‘ylayotganining guvohi bo‘lindi. Hozircha Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritilmagan emish.

Ularni kiritishning hojati yo‘q. MJTKning 128-moddasi birinchi qismida tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo nazarda tutilgan. Ushbu qismdagi dispozitsiya blanket tusda bo‘lib, yuqoridagi jadvalda bayon etilgan chiroqlardan foydalanish to‘g‘risidagi YHQ talablariga havola qiladi.

Tegishincha, 10 apreldan kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish to‘g‘risidagi qoidani buzganlik ham ushbu modda ta'siri ostiga tushadi. Birinchi bor qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlik uchun – EKIHning 1/2 qismi. Takror sodir etish sanksiya miqdoriga ta'sir ko‘rsatadi – o‘ta «ashaddiy» qoidabuzarlarga EKIHning 4 baravari miqdorida jarima solinadi yoki haydovchilik guvohnomasidan yarim yilga mahrum etiladi.

Kim qanday kuzatadi?

Javobgarlikning belgilanishi o‘z-o‘zidan qoidalarga rioya etilishini kafolatlamaydi. Qoidabuzarliklar qay yo‘sinda kuzatuv ostiga olinishi muhim. Ayni paytda YHQni buzish hollari quyidagicha qayd etilmoqda:  

• «an'anaviy» usulda – DYHXX xodimlari tomonidan postlarda yoki reydlar davomida;

• maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida – ularning funksionali muntazam ravishda kengaytirilmoqda, bu yanada ko‘p qoidabuzarliklarni qamrab olish imkonini bermoqda. Demak, kameralarning obektivlari yaqin orada chirog‘i o‘chirilgan avtomobillarni ham tuta boshlaydi;

• 1 iyuldan arz qiluvchini rag‘batlantirgan holda, fuqarolar va tashkilotlarga tegishli avtomobillarning videoregistratorlari orqali huquqbuzarliklar qayd etilgan yozuvlarni qabul qila boshlaydilar.

Yangilik haqida xato o‘ylash yaramaydi: norma 10 apreldan kuchga kirgan va shu sanadan e'tiboran unga barcha rioya etmog‘i lozim. Yangi qoidani buzganlik uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan va uni qo‘llash mexanizmlari belgilangan.

Mavzu
Faralar mojarosi
2019 yil 9 apreldagi hukumat qarori bilan, kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi. Jamoatchilik e’tirozi ortidan mazkur talab avvaliga 2021 yil 1 yanvarga surildi, so‘ng bekor qilindi.
Barchasi
Top