15:45 / 18.04.2019
15187

O‘zbekiston YeXHTning bloklangan OAV bo‘yicha bayonotiga munosabat bildirdi

Komil Allamjonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov YeXHT OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezirning bayonotiga rasmiy munosabat bildirdi.  

"Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatda OAVning rolini oshirish va oshkoralikni ta'minlash borasidagi islohotlar doirasida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi so‘z va axborot erkinligini ta'minlash, OAV va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, jurnalistlar mavqei va davlat organlari ochiqlik darajasini oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Agentlik YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili A. Dezirning bayonoti bilan tanishib chiqdi va ayrim yangiliklar veb-resurslariga kirish muammolari borasidagi faktlarni diqqat bilan o‘rganib chiqadi.

Agentlik YeHHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan har qanday masalada muloqot qilishga va axborot sohasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga doimo tayyor", - deyiladi Komil Allamjonovning rasmiy bayonotida.

Bundan oldin, YeXHT O‘zbekistonni ba'zi OAVni bloklashni to‘xtatishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top