12:03 / 19.04.2019
71346

Otabek Nazirov O‘zbekiston aholisining «sandig‘i»da qancha pul borligi haqida gapirdi

Foto: KUN.UZ

Juda kamaytirib hisoblaganda, O‘zbekiston aholisining «sandig‘i»da bir necha milliard dollar bor. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov ma'lum qildi.

Uning «Laboratoriya biznesa»ga bergan intervyuda aytishicha, agentlik aholida mavjud bo‘lgan mablag‘lar miqdorini baholadi. «Bugungi kunda aholida «sandiq»da bo‘lgan haqiqiy pullar miqdori bir necha milliard dollarga baholanmoqda. Bu o‘nlab milliard dollar bo‘lishi ham mumkin», - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu pullar ishlashi uchun moliyaviy vositalarni rivojlantirish kerak. Shunda biznes aholi mablag‘larini sarmoya sifatida jalb qilish imkoniga ega bo‘ladi.

«Nima uchun bu pullar sandiqda yotibdi?.. Ular ishlashi uchun moliyaviy vositalarni rivojlantirish lozim, oddiy qoida. Nizolarni bartaraf etish, mulkdorlar va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish uchun adolatli sud tizimi bo‘lishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Nazirov. 

Top